AQShning Nyu-Jersi shtati Prinston shahrida politsiya Panera Bread restoraniga yashirinib olgan qurollangan erkakni otib tashladi, deb xabar beradi “TASS”.
Otishma oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qurollangan shaxs Prinston universiteti yonida joylashgan restoran ichida besh soat bo‘lib turgan. Erkak nima sababdan aynan restoranga bekinib olgani noma’lum. Politsiyaning u bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Shundan so‘ng erkakka qarata o‘t ochilgan.
Otishma sababli universitet korpuslari ichidagi kishilar evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)