Dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan birida ayollar huquqlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun islohotchi deb atalayotgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud o‘z onasiga nisbatan unchalik ko‘ngilchan bo‘lib chiqmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
AQShning hozirgi va sobiq oliy mansabdorlariga ko‘ra, ikki yilcha avval shahzoda hokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plash uchun onasi va qirol Salmonning uchrashuvlariga to‘sqinlik qila boshlagan.
Muhammad ibn Salmon Al Saud turli bahonalar bilan, xususan, u davolanish uchun chet elga ketganini aytib, uning qayerdaligini yashirgan. AQShdagi oliy mansabdorlar razvedka ma’lumotlariga tayanib, shahzodaning onasi uning hokimiyatni egallab olish bo‘yicha rejalariga qarshi chiqqan bo‘lishi mumkinligini, uning qirolga ta’siri shahzodaga xalal berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Fransiyada sudya Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning qizini hibsga olish uchun xalqaro order chiqargan edi.
Izoh (0)