Mayamidagi (Florida shtati) piyodalar ko‘prigi qulashi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Mayami okrugi o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Deyd Deyv Dauni ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Dauniga ko‘ra, qidiruv va vayronalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirdi.
Hodisa oqibatida 10 kishi jarohat oldi va kasalxonaga yetkazildi, ulardan ikki nafari og‘ir holatda. Ko‘prik 8 ta avtomobilni bosib qolgani aytilmoqda.
Mayamidagi mazkur ko‘prik oxirigacha qurib bitkazilmagan, ammo uning 950 tonnalik asosiy qismi o‘tgan dam olish kunlarida o‘rnatilgandi. 7 polosali shosse ustidagi ko‘prik asosan Florida xalqaro universiteti talabalari uchun qurilayotgan, kelgusi yil boshida ochilishi rejalashtirilgandi.
https://youtu.be/IPthP3MXcs8
Izoh (0)