Rossiyaning eng boy milliarderlari prezident Vladimir Putinning amaldagi muddati davomida o‘z mol-mulklarini 29,5 milliard dollarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hisob-kitoblar Bloomberg Billionaires Index ro‘yxatidagi dunyoning 500 eng badavlat kishilari qatoriga kiruvchi 12 nafar rossiyalik milliarderga tegishli.
Jumladan, Vladimir Potaninning boyligi o‘tgan 6 yil mobaynida 6,4 milliard dollar, Aleksey Mordashovda 5,9, Vladimir Lisinda 5,8, Andrey Melnichenkoda 3,8, Vagit Alekperovda 3,1, Viktor Vekselbergda 2,9, Leonid Mixelsonda 2,2, Dmitriy Ribolovlevda 1,7, Mixail Fridmanda 1,1 milliard dollarga ko‘paydi.
Biroq bu holat hamma milliarderlarga ham tegishli emas. Mixail Proxorov o‘tgan 6 yil mobaynida 1,6, Alisher Usmonov 1,1, Roman Abramovich esa 0,7 milliard dollar yo‘qotdi.
Izoh (0)