G‘arb davlatlariga Rossiyaning “Armata” T-14 tanki muqobilini yaratish uchun uch yildan 5 yilgacha vaqt ketadi. Bu haqda Shveysariya zobitlar zirhli tank assotsiatsiyasi kapitani Shtefan Byuler ma’lum qildi, deb xabar beradi Focus Online.
“G‘arb davlatlariga ‘Armata’ T-14 tanki analogini yaratish uchun uch yildan 5 yilgacha vaqt ketadi. Bu vaqt mobaynida Rossiya jangovar mashinani takomillashtirish va undan foydalanish bo‘yicha tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ladi”, — dedi Byuler.
Byulerga ko‘ra, “Armata”ning G‘arbning amaldagi tanklaridan afzalliklaridan biri boshqaruvchisiz minoradan foydalanishda. Bu tufayli jangovar mashina yengilroq va harakatlanishga qulayroq holga keladi.
Izoh (0)