Liberal-demokratik partiyadan Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatilgan debatda raqibasi Kseniya Sobchakning yig‘lab, studiyani tark etishiga izoh berdi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Jirinovskiy Sobchakning ko‘z yoshlarini izohlar ekan, “siyosat bu do‘stlarning bahsi emas, balki opponentlarning hukumat uchun kurashi” ekanligini ta’kidlagan.
“Siyosat — bu og‘ir mehnat, ayovsiz bahslar, ba’zan qichqiriq, tavakkal va hatto xavf-xatardir”, — deb yozadi Jirinovskiy o‘z Telegram kanalida.
Uning fikricha, prezidentlik lavozimini egallashni istagan nomzod mustahkam, hatto shafqatsiz bo‘lishga tayyor turishi kerak.
Ma’lumot uchun, “Rossiya-1” telekanalidagi debatda Kseniya Sobchak Jirinovskiy nafaqat uni gapirishga qo‘ymayotgani, balki haqorat ham qilayotganini ma’lum qilgan va yig‘lab yuborgan holda zalni tark etgan.
Izoh (0)