Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Tojikistondagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari davomida shartli noqonuniy qurolli tuzilmalarga raketa zarbalari berdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi Yaroslav Roshupkin ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“6 ta Su-25SM va 2 ta Su-24MR razvedkachi samolyoti Qirg‘iziston va Chelyabinsk viloyatidagi aviatsiya bazalaridan Dushanbe yaqinidagi Ayniy aerodromiga yetkazildi. Markaziy harbiy okrug operativ-taktik aviatsiyasi Tojikiston harbiy-havo kuchlari bo‘linmalari bilan birgalikda havodan ikki armiya quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘linmalariga yordam berdi. Armiyalar respublikaning Xatlon viloyatidagi Harbmaydon poligonida shartli jinoiy guruhlarni qamalga olish va yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar vazifalarni bajardi”, — dedi Roshchupkin.
Shartli jangarilar tuzilmalariga zarbalar davomida uchuvchilar 100 dan ortiq boshqaruvsiz aviatsiya raketalarini yo‘lladi.
Izoh (0)