O‘zbekiston Prezidentining “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjatda sohada xususiy tibbiyotni rivojlantirish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.
2018-yil 1-maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha aholiga ayrim xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan shunday xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Psixiatriya xizmati muassasalarining ayrim funksiyalarini sog‘liqni saqlashning xususiy sektoriga o‘tkazish aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantiradi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun sohaga investitsiyalar jalb qilinadi.
Izoh (0)