Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Tojikiston bilan chegara yaqinida joylashgan Jartepa mahallasida 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi negizida bolalar bog‘chasi filiali ochildi.
O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 50 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada ta’lim-tarbiya ishlari “Bolajon” dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarning ingliz tilini chuqur o‘rganishlari, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Badiiy gimnastika, shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Muassasaning ochilishida qatnashgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev, jumladan, shunday degan: “Ushbu bolalar bog‘chasi jartepalik bolajonlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maskaniga aylanadi”.
Bolalar bog‘chasida kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun imtiyozli to‘lov joriy etilgan.
Izoh (0)