Dunyodagi eng ommabop kriptovalyuta bitkoinning narxi tobora pasaymoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
15-mart holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 8000 dollardan pasaydi. Bir sutka ichida bitkoin 14,1 foizga arzonlashib, 7892 dollarni tashkil etdi.
Kriptovalyutaning boshqa turlarining narxi ham tushmoqda.
Ethereum kriptovalyutasining narxi 15,27 foizga tushib, 587 dollargacha pasaydi.
Ripple kriptovalyutasining narxi esa 17,14 foizga pasaygan. Hozirgi kunda bitkoin kriptovalyutalar bozorining 42,6 foizini egallagan.
Izoh (0)