Pokistondagi Panjob viloyati Laxor shahri yaqinidagi politsiya posti atrofida portlash yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Ulardan besh nafari politsiyachi, to‘rt nafari esa mahalliy aholi vakili. Yana 25 kishining jarohatlangani aytilmoqda.
Bomba politsiya post qo‘riqchilaridan smenani qabul qilib olayotgan paytda portlagan.
Huquq-tartibot organlari xodimlarining taxmin qilishicha, hujum terrorchilar tomonidan mototsikl yordamida amalga oshirilgan.
Izoh (0)