“Axborot 24” boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov jiddiy avtohalokatga uchragani haqda ma’lum qilgan edik. Olti oylik tanaffusdan so‘ng Shuhrat Rahmatjonov “O‘zbekiston 24” kanalida ish boshladi. Bu haqda Shuhrat Rahmatjonov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Xudo xohlasa 6 oylik tanaffusdan so‘ng 12-mart kuni, soat 14:00da birinchi marotaba efirga chiqaman. 13-mart kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida ham efirga chiqishim rejalashtirilgan. Avtohalokatda uchragan vaqtim meni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildirib qolaman.Shuhrat Rahmatjonov, suxandon
Izoh (0)