O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Hilola Toshmuhammedova 8-mart kuni 32 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Nazokat Azim Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Milliy teatrimiz aktrisasi Hilola Toshmuhammedovani ko‘plar qatoriga qo‘shibmiz. Judayam xushchaqchaq qiz edi. Quyoshcha edi. Biram samimiy, mehnatkash, odobli. ‘Orzular fasli’ serialida o‘ynaganlar ichida eng iqtidorlisi deb hisoblardik, rolini juda maromiga keltirib ijro etgan”, — deya yozuv qoldirgan jurnalist.
Aktrisa 7-mart kuni ishdan uyga qaytgach tobi qochgani, shifoxonada esa qon bosimi keskin tushib ketgani bildirilmoqda.
Hilola Toshmuhammedova “Faridaning dil daftari”, “Ko‘ngil” kabi spektakllar, bir qator film va seriallarda rollar ijro etgandi.
Izoh (0)