Niderlandiya politsiyasi Kolumbiyadan 4,5 tonna kokain kontrabandasini amalga oshirishda gumon qilingan 6 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Narkotiklarning yirik partiyasini Antverpen portida Belgiya bojxonachilari aniqlagani bildirilmoqda. Kokain hujjat bo‘yicha bananlar joylashtirilgan konteynerdan topildi.
Mamlakat rasmiylari kokainni musodara qilib, konteynerni jo‘natilishi kerak bo‘lgan manzili — Niderlandiyaning Oss shahriga yuborishga qaror qildi. Niderlandiya huquq-tartibot idoralari bu haqda ogohlantirildi. Ular esa konteynerni tekshirib ko‘rayotgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Gumonlanuvchilarning 5 nafari Niderlandiya, biri Kolumbiya fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)