Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mamlakatdagi ayollarga prezident Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan 40 manatdan (11 dollar) pul mukofoti beriladi. Bu haqda “Turkmenistan zolotoy vek” nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Mamlakat rahbari tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, 40 manat miqdoridagi pul mukofotlari mamlakatdagi tashkilotlarda, muassasa va korxonalarda ishlovchi ayollarga beriladi.
Bundan tashqari prezident sovg‘asi nafaqa oluvchi ayollarga, aspirantura, doktarantura va ishlab chiqarishdan alohida bo‘lgan klinik ordinatura, shuningdek, Turkmaniston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining talabalariga beriladi.
Shu bilan birga hujjatda qayd etilishicha, farmon talabalar, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilariga ham tegishli.
Mamlakat ayollariga 8-mart munosabati bilan 40 manatdan pul mukofotini taqdim etish an’anasi Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurot Niyozov davridan qolgan. Turkmanistonda bu pulga yozgi ko‘ylak uchun mato sotib olish mumkin.
Izoh (0)