Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern hukumatda qurolsizlanish va qurol-aslaha ustidan nazorat bo‘yicha vazir lavozimi tiklanishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Uinston Piters egallashi bildirildi.
“Bu hukumat aksilyadroviy yondoshuvimiz, hozir va kelgusida tutishimiz kerak bo‘lgan o‘ringa katta ahamiyat berayotganini tasdiqlaydi. Qurolsizlanishga intilish bugungi kunda ayniqsa o‘ta muhim. Global xavfsizlik va tinchlikka tahdidlar kuchaymoqda. Bu borada Shimoliy Koreya katta tashvish tug‘dirmoqda”, — dedi Ardern.
Ma’lumot uchun, qurolsizlanish va qurol-aslaha ustidan nazorat bo‘yicha vazir lavozimi Yangi Zelandiyaning oldingi hukumati tomonidan bekor qilingandi.
Izoh (0)