Ukraina kuch tizimi xodimlari va Oliy rada binosi oldida namoyish o‘tkazayotganlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 14 nafar huquq-tartibot xodimi jabrlandi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Mamlakat IIV matbuot kotibiga ko‘ra, to‘qnashuvlar Mixail Saakashvilining tarafdorlari shinalarni yoqishga uringandan so‘ng boshlandi. Kuch tizimi xodimlari ularga xalaqit berishga harakat qilganda namoyishchilar alangalanuvchi aralashma solingan butilkalar va toshlar uloqtirdi.
Namoyishchilarni qator faxriylar tashkilotlari qo‘llab-quvvatladi. Ular Kiyev markazida transport harakatini to‘sib qo‘ydi.
Izoh (0)