O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsion markazi huzurida Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatli markazni tashkil etishni tasdiqladi, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekiston rahbari 19-fevral kuni “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga muvofiq 2018—2019-yillarda AKTni tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018-yil 1-sentabrgacha elektron pullarni qonuniy tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2018-yil 1-iyungacha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsion markazi huzurida Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatli markaz tashkil etiladi.
Markaz “blokcheyn” imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoitlarni yuzaga keltiradi, ushbu texnologiyani o‘zlashtirishda kadrlar salohiyatini oshirish va mahalliy ishlab chiquvchilarni qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi.
Izoh (0)