“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. Karimovning taklifiga asosan, Turk standartlari instituti (TSE) prezidenti S. Korkmaz O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi va Turk standartlari instituti (TSE) bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida o‘zaro hamkorlikda O‘zbekistonda yangi qo‘shma laboratoriyalarni ochish, “O‘zstandart” agentligi xodimlarini Turkiyada o‘qitishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuvda turli sinovlarni o‘tkaza oladigan “Kempus” obyekti qurilishi aytib o‘tildi. “Kempus”da bir necha sertifikatlashtirish idoralari mavjud bo‘ladi. Bu ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va tashqi bozorga sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)