Joriy yilning 17ifevral kuni Sh.E o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasini Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 943-kilometrida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, X.U.ning boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 nafar jabrlangan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilib, Sirdaryo viloyatining Sardoba shifoxonasiga yetkazilishi ta’minlandi.
Izoh (0)