Buyuk Britaniyada ikki ekskavator haydovchisi zerikkanidan gidravlik bolg‘alar yordamida “krestiki-noliki” o‘ynashga qaror qildi. O‘yin aks etgan videoni Twitter foydalanuvchisi Jordan Rutledj o‘z sahifasida joylashtirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Menga ham ishimda zerikarli bo‘lib turadi, biroq bunaqasi xayolimga ham kelmagandi”, — deb yozuv qoldirdi u. 3 kun mobaynida tvitni 140 mingdan ortiq kishi bo‘lishdi.
Ayrim foydalanuvchilarni bahsda kim yutgani qiziqtirgan. Rolik bu haqda aniq xulosa chiqarish uchun juda qisqalik qiladi.
https://youtu.be/0lUB6yF2UMo
Izoh (0)