Buyuk Britaniyadagi tez tayyor bo‘luvchi yeguliklar tayyorlovchi restoranlar tarmog‘i KFC’ning katta qismi tovuq go‘shti yetishmasligi natijasida yopildi. Mamlakatning yettita grafligida ushbu tarmoq o‘z ishini to‘xtatgan, deb yozadi Independent nashri.
Restoranlar eshigida “tovuq yetkazib berish bo‘yicha kichik muammolar yuzaga kelgani” haqida e’lonlar osilgan.
KFC’ning yopilgani haqida yuzlab Twitter foydalanuvchilari o‘z fikrlarini yozgan. Xususan, ulardan biri bu holatni qiyomat kuniga qiyoslagan.
KFC vakili 900 ta restoranga tovuq go‘shtini yetkazib berish oson ish emasligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, restoran yeguliklar sifati buzilishini istamagan, shuning uchun tarmoqning bir qismini yopishga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)