Avstraliyada kenguru o‘ziga qurol o‘qtalgan 19 yoshli ovchi Joshua Xaydenning jag‘ini sindirdi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Noxush hodisa G‘arbiy Avstraliya shtatining Kellerberrin hududida sodir bo‘lgan. Joshua o‘zining ukasi bilan kenguru oviga otlangan.
Xayden ikkita kenguruni nishonga ola boshlaganida, ulardan biri avtomobil ustiga sakrab chiqayotib, uning boshiga zarba bergan. Xayden yarim daqiqaga hushini yo‘qotgan, o‘ziga kelganida “meni ukam urdi”, deb o‘ylagan.
Shifokorlar Xaydenning jag‘i singanini ma’lum qildi. Uni to‘g‘rilash bo‘yicha operatsiya 10 kundan so‘ng, ovchining yuzidagi shishlar yo‘qolgach amalga oshiriladi.
Izoh (0)