Perulik mahbus kamerada o‘rniga egizagini qoldirib, qamoqxonadan qochdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Aleksandr Delgado o‘tgan yil yanvarida qamoqxonadan qochgandi. U egizak ukasiga narkotik berib, kiyimlarini tortib olgani va shu tariqa ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Bu holat qamoqxonada barmoq izlari tekshirilgandagina aniqlandi. Uni politsiyachilar oradan yarim yildan ko‘proq vaqt o‘chgach qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi
16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Aleksandr qilmishini onasini ko‘rgisi kelgani bilan izohladi.
Izoh (0)