Twitter’da 93 yoshli qariya ayolning quvnoq musiqa ostida mashq bajarayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
https://twitter.com/joana_zanin10/status/963962763688271872
Video muallifining yozishicha, uning onasi 93 yoshli keksa ayolga mashq qildiradi. Kulgu va tabassum ayolga o‘z yoshligini qaytaradi.
Qariya stulda o‘tirgan holda mashqlarni bajaradi va quvnoq kuladi. U har doim ham murabbiyning ritmida mashqlarni bajara olmaydi, biroq bu ayolni hech ham tashvishga solmaydi. Mashg‘ulot yakunida murabbiy sportchiga “besh tashlaydi”.
Rolik ikki sutkada besh million martadan ortiq tomosha qilingan. Post yuz mingdan ortiq retvit va 300 mingta layk yig‘gan.
Izoh (0)