Qozog‘istonda transport politsiyachilari alkogol mahsulotini noqonuniy olib o‘tayotgan 46 yoshli o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga oldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
O‘zbekiston fuqarosi Oazis va Akjigit stansiyalari oralig‘ida Nukus—Beynov yo‘lovchi poyezdida ushlandi.
Uning qo‘l yukini tekshirish chog‘ida yarim litrlik 48 ta idishdagi alkogol mahsuloti aniqlandi. Ayol uni O‘zbekistondan Qozog‘istonda sotish uchun olib ketayotganini aytgan. Transport politsiyasi ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzdi.
Izoh (0)