Samarqand shahridagi Boku ko‘chasida yuz bergan oilaviy janjal oqibati ayanchli tugadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qo‘shrabod tumani, Buloqboshi mahallasida ro‘yxatda turib, vaqtincha yuqoridagi manzilda istiqomat qilayotgan kollej o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan M.T. mojaro davomida buvisi va tog‘asiga pichoq urib, voqea joyidan yashirindi.
Buvi va tog‘a kasalxonaga yotqizildi. Ko‘rilgan choralar natijasida M.T. qo‘lga olindi.
Izoh (0)