Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish, ularning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi.
Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)