Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Ember Radd ekstremistik ruhdagi internet-kontent bilan kurash bo‘yicha yangi texnologiya yaratilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yangi texnologiya IShID targ‘ibotiga oid videoroliklarning 94 foizini avtomatik aniqlash imkonini beradi. Ya’ni 1 million tasodifan tanlangan rolikka 50 ta bevosita mutaxassis ko‘rigini talab etuvchisi to‘g‘ri keladi.
“Bu texnologiya istalgan platformada foydalanilishi, yuklab olish jarayoniga integratsiyalashishi mumkin. Shu tariqa targ‘ibot videoroliklarining katta qismini internetda paydo bo‘lguniga qadar aniqlash imkoni tug‘iladi”, — deydi Ember Radd.
Vazirlikka ko‘ra, IShID tarafdorlari 2017-yilda targ‘ibot uchun 400 dan ortiq onlayn-platformadan foydalangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)