Intel kompaniyasi Xeon D-2100 protsessori — yot dasturlar, shuningdek, ma’lumotlar ustida ishlash markazlari yoki tarmoq arxitekturalari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tizimni taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z analoglaridan 8 foizga tezroq ishlashga qodir. Bundan tashqari, D-2100 chipi energiya sarfining kamligi bilan ajralib turadi. D-2100 Intel Xeon Scalable platformasining mahsuldorligini tarmoqli arxitekturada ishlashda ham, ma’lumotlar ustida ishlash markazi sifatida ham kengaytiradi.
D-2100 tizimi o‘z ichiga server darajasidagi 18 tagacha Intel Xeon protsessorlarini hamda kriptografiya, shifrdan chiqarish va shifrlashni tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan integratsiyalashgan Intel QuickAssist texnologiyasini oladi.
Izoh (0)