Xitoyning Chjetszyan universiteti robototexnik olimlar guruhi Szyuein nomli to‘rt oyoqli robot yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uzunligi bir metr, balandligi 60 santimetr bo‘lgan 70 kilogrammli robot 20 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi. Robot soatiga 6 kilometr tezlikda harakatlanadi, u 2 soat mobaynida to‘xtovsiz ishlashi mumkin.
Hozirda Szyuein yuguradi, sakraydi, zinadan tepaga ko‘tariladi, notekis joyda ham harakatlana oladi. U qulagan taqdirda birovning yordamisiz oyoqqa tura oladi.
Qayd etilishicha, robot xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etishda, tergov harakatlari va qutqaruv operatsiyalarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)