Microsoft kompaniyasi yuzni tanish bo‘yicha inqilobiy tizimni ishlab chiqdi. Tizim Apple tomonidan iPhone X da ishlatiladigan tizimdan farq qiladi. Uning asosiy yangiligi bitta kamerada infraqizil nurning ko‘rinadigan rang sensori bilan aralashuvi hisoblanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mazkur texnologiya nafaqat egallanadigan joyni tejashga, balki datchiklarning bir-biriga nisbatan joylashuvi bilan bog‘liq muammolarni ham bartaraf etishga imkon beradi.
Ayni vaqtda kompaniya yangi texnologiyani aynan qayerda ishlatishi haqida xabar berilmagan.
Izoh (0)