Facebook foydalanuvchilari guruhlardagi postlar va izohlarda yangi tugmaning paydo bo‘lganini payqadi, deb yozmoqda “Hi-tech Mail.ru”
Nashrning yozishicha, kompaniya “dislayk”ni sinamayotganini, balki sahifalardagi postlarga izoh qoldirgan holda kompaniyaga baho berish funksiyasini sinab ko‘rayotganini bildirgan. Sinov faqat AQShda kichik auditoriya orasida o‘tkazilmoqda.
“Qarshi ovoz berish” tugmasi foydalanuvchilarga u yoki bu izohni “pasaytirishga” imkon beradi, natijada o‘quvchilar ularni kam ishonchlilik bilan ko‘radi. Yangi funksiya haqoratlash va trollinglarga qarshi kurash maqsadida o‘ylab topilgan va Facebook’da muloqotni yanada konstruktiv qilishga xizmat qiladi.
Izoh (0)