12-fevral kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumani Uchtepa 5-sonli izlov-qidiruv qudug‘ida yangi neft koni ochildi. Bu haqda “Qo‘qon NGPI” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ushbu quduqdan avval qazilgan Uchtepa 3—4-sonli qudug‘idan ‘mel’ (‘bo‘r’) qatlamining XVIII va XIX gorizontlaridan katta miqdorida gaz zaxirasi aniqlangan edi. Yangi Uchtepa 5-sonli qudug‘i 1250 metr chuqurlikdan, ‘mel’ (‘bo‘r’) qatlamining XX gorizontidan yana katta miqdorida neft koni ochildi. Quduqda olib borilgan geologik izlanishlar natijasida shunisi ma’lum bo‘ldiki, ushbu quduqning bir kunlik debiti sutkasiga 70 tonnani tashkil etadi. Bu kabi neft koni O‘zbekiston neft va gaz tarixida oxirgi 10 yillikda ochilgani yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holat boshqa hududlardan farqli litologiyasiga ega bo‘lgan Farg‘ona hududida burg‘ulash va parmalash ishlarini katta ko‘lamda olib borilishiga yo‘l ochmoqda.
Izoh (0)