Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Toshkent viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.Allamuradov xalq tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar jarayonida qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, bir qator xodimlarga ichki ishlar vazirligi buyrug‘i asosida navbatdagi unvonlari hamda Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi xodimlariga maxsus sumkalar tantanali ravishda topshirildi.
Izoh (0)