Indoneziyada avtobus ishtirokidagi avariya oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hodisa G‘arbiy Yava viloyatidagi katta yo‘lda yuz bergan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari va boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)