Tayvandagi vayronkor zilzila qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, 280 kishi tan jarohati oldi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, yana ikki kishi hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
Tayvanda 6-fevral kuni, orolning shimoli-sharqiy qismidagi Xualyan nohiyasi qirg‘oqlari yaqinida 6,5 magnitudali zilzila yuz bergan edi.
Hozirgi vaqtda zilziladan jabr ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom etmoqda.
Xabar berishlaricha, mazkur tadbirlarda harbiylar, shifokorlar, qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar qatnashmoqda.
Izoh (0)