Gonkongda yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin odam tan jarohati olgan.
Qayd etishlaricha, halok bo‘lganlar orasida ikki ayol ham bor. Jabrlanuvchilarning bari yaqin oradagi shifoxonalarga yotqizilgan.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, avtobus ag‘darilib ketgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar, shifokorlar va politsiya ish olib boryapti.
Izoh (0)