Suriyada urib tushirilgan Su-25 samolyoti uchuvchisi Roman Filipovning jasadi Rossiyaga keltirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, uchuvchi jasadini harbiy razvedka “turk hamkasblari bilan hamkorligi tufayli” qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, Rossiyaga urib tushirilgan samolyot bo‘laklarining bir qismi ham keltirildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jangarilarga asirlikka tushmaslik uchun o‘zini portlatib yuborgan Roman Filipov Rossiya qahramoni unvoniga tavsiya etilgani bildirilgandi.
Izoh (0)