AQSh Federal zaxira tizimi rahbari Janet Yellen 4 yillik faoliyatini yakunladi va lavozimini tark etdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Markaziy bank xodimlari Yellenni olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi. Ular sobiq boshliqlari sharafiga ijtimoiy tarmoqlarda #PopYourCollar (“Yoqangni ko‘tar”) xeshtegini o‘ylab topdi — Yellen ko‘pincha yoqasi ko‘tarilgan kiyim kiyardi.
Janetning keyingi ish joyi ma’lum: u Vashingtondagi Bruklin institutining budjet va pul-kredit siyosatini tadqiq etuvchi Xatchinson markazida faoliyatini davom ettiradi.
AQSh Senati oldinroq mamlakat moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Jerom Pauellni FZT rahbari lavozimiga tasdiqlagan edi.
Izoh (0)