Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning katta o‘g‘li, fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart joniga qasd qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy OAVga ko‘ra, shifokorlar bir necha oy davomida Kastroga chuqur ruhiy tushkunlik sababli yordam ko‘rsatib kelgan. U avval kasalxonaga yotqizilgan, so‘ng ambulator kuzatuv tartibiga o‘tkazilgandi.
Moskva davlat universitetini yadro fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan, innovatsiyalar bo‘yicha shug‘ullanib kelgan olim o‘limi oldidan maktub qoldirgani bildirilmoqda.
68 yoshli Kastro Dias-Balart Kuba davlat kengashining ilmiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, mamlakat fanlar akademiyasi vitse-prezidenti edi.
Izoh (0)