Navoiy viloyatining Karmana shahridagi nodir me’moriy yodgorlik — “Qosim Shayx” majmuasi 500 yillik tarixga ega. Ayni paytda mazkur madaniy meros obyektida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Majmuaning zax tortib, yemirilishiga sabab bo‘layotgan yer osti suvlarini binodan uzoqlashtirish maqsadida hududda 4-5 metr chuqurlikdagi hovuz barpo etildi. Hovuzda to‘plangan suv Kasaba kanaliga chiqarib yuboriladi.
Shuningdek, majmua poydevorini mustahkamlash, imoratning yaroqsiz holga kelib qolgan g‘ishtlarini almashtirish, atrofni obodonlashtirish ishlari ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Izoh (0)