Yaponiyaning Sapporo shahridagi qariyalar uyida 1-fevral, payshanbaga o’tar kechasi yuz bergan yirik yong‘inda kamida 11 kishi halok bo’ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
NHK telekanaliga ko’ra, yong‘in haqida 31-yanvar, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 23.40 da xabar berilgan. Hodisa joyiga 40 ta o't o'chirish brigadasi yuborildi.
Binoda jami 16 kishi istiqomat qilgan.
Qutqaruvchilar 5 kishi — uch erkak va ikki ayolni olib chiqdi. 8 erkak va 3 ayol halok bo’ldi.
Izoh (0)