Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy MRB direktori Mayk Pompeoning bayonotini boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashish deb baholadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Pompeo Britaniya OAVlariga intervyusida AQSh rasmiylari Eronga “har bir yerda” qarshilik ko‘rsatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan, Tehron Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlayotganidan norozilik bildirgandi.
Shuningdek, Pompeo yana Eron rasmiylarini Yamandagi isyonchilarga raketa yetkazib berishda aybladi.
“Pompeoning asossiz bayonotlari AQSh va noqonuniy siyosat aralashuvining yaqqol namunasidir”, — dedi Qosimiy.
Izoh (0)