Tailand hukumati o‘z vatanida ishiga mas’uliyatsizligi sabab sirtdan besh yilga qamoq jazosida mahkum etilgan sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatning millionlab dollarlik mol-mulkini musodara qildi. Bu haqda The Nation gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand Adliya vazirligi sobiq bosh vazirning 1 million batdan ortiq (31,2 ming dollar) mablag‘i saqlanuvchi 13 ta bank hisob-raqamiga taqiq qo‘ygan. Musodara qilingan aktivlar orasida Chinavatning Bangkokdagi 3,4 million dollarlik koshonasi, 10 dan ortiq yer maydonlari bor.
Avvalroq Tailand hukumati “guruch” davlat dasturini amalga oshirishdagi mas’uliyatsizligi sabab sobiq bosh vazirga 1 milliard dollardan ortiqroq jarima belgilagan edi.
Izoh (0)