AQSh prezidenti Donald Tramp 30-yanvar, seshanba kuni Barak Obamaning Guantanamo maxsus qamoqxonasini yopish to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident avvalgi ma’muriyatning Guantanamo ko‘rfazida joylashgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari hibsda saqlash joyini yopish haqidagi qarorini bekor qiluvchi farmonni imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Hujjatda Qo‘shma Shtatlar zarurat tug‘ilgan taqdirda maxsus qamoqxonaga qo‘shimcha tarzda mahbuslar jo‘natish imkoniyatini saqlab qolishi bildirilgan.
Izoh (0)