Polsha prezidenti Anjey Duda yakshanba kungi savdoni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qabul qilingan qonun savdo xodimlariga yakshanbani oilalari bilan birga o‘tkazish imkoniyatini berishi aytilmoqda.
Qonunga ko‘ra, internet-do‘konlar, dorixonalar, yoqilg‘i quyish shоxobchalaridagi do‘konlar, novvoyxonalardagi savdo nuqtalari, oilaviy biznes korxonalari uchun istisnoga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Shuningdek, Rojdestvo va Pasxa arafasidagi savdoga ham cheklovlar joriy etildi.
Qonun bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2018-yilda oyda ikki, 2019-yilda esa uch yakshanba taqiq kuchda bo‘ladi. 2020-yildan yakshanba kungi savdolar to‘liq man etiladi.
Izoh (0)