Rossiyaning Rostov viloyatida avtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida besh kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Halok bo‘lganlar orasida yosh bola ham bor.
Avtobus salonida hammasi bo‘lib 31 nafar yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan.
King Long avtobusi Belokalitvinsk tumanidagi М-21 yo‘lining 318-kilometrida halokatga uchragan. U Saratovdan Rostovga ketayotgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning 50 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yo‘l chetidagi ariqqa qulab ketgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)