AQShda Iisus Karrilyo-Pineda ismli erkak narkotiklar tarqatganlik uchun o‘n yilga qamaldi, deb yozadi The Independent.
Uning sherigi Deniyel Vaskesni esa olti yillik qamoqqa hukm qilishdi. Erkaklardan 45 kilogramm kuchli sintetik opioid — fentanilni musodara qilishdi. Dilerlar uni geroin yoki kokain bilan aralashtirib, qalbaki og‘riq qoldiruvchi hapdorilarni yasagan. Bunday aralashmaning hatto kichik dozasi ham odamni o‘ldirishi mumkin.
Ular 2017-yilning iyunida Nyu-Jersida qo‘lga olingan. Shtat bosh prokurori ularning hibsga olinishi natijasida juda ko‘p odamlarning hayoti saqlab qolinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musodara qilingan fentanil butun shtat va yana Nyu-York aholisini — 18 million kishini o‘ldirishga yetgan bo‘lardi.
Izoh (0)