Suriyaning Afrin viloyati sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Anjela Risho so‘zlariga ko‘ra, Turkiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon aviatsiya bombardimonlari tufayli 89 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, Turkiya qurolli kuchlari harakatlari natijasida 198 kishi jabrlangani xabar qilinmoqda.
Risho xalqaro tashkilotlarga murojaat qilib, mahalliy kasalxonalarga yordam ko‘rsatishni, og‘ir yaradorlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun zarur vositalarni yetkazib berishni so‘radi.
Izoh (0)